9 Avgust 2024 yil 713

"Probatsiya oyligi" doirasida o‘tkazilayotgan "Hamkor" maxsus profilaktik tadbiri mobaynida Yakkabog‘ tuman IIBda sektorlar rahbarlari, imom-xatib, tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi, xalq ta’limi, sog‘likni saqlash bo‘limlari va boshqa hamkor tashkilotlar hamda mahalla yettiligi ishtirokida Probatsiya guruhi nazorati ostidagi shaxslar bilan umumiy yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishni tuman IIB boshlig‘i podpolkovnik Shuhrat Choriyev ochib, tadbir ishtirokchilariga, jumladan, nazorat ostidagi shaxslarga hozirgi kunda o‘tkazilayotgan "Probatsiya oyligi", "Xamkor" maxsus profilaktik tadbiri davomida amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Shuningdek, nazorat ostidagi shaxslarni sud hukmi bilan tayinlangan jazolarni qonunchilikda belgilangan tartibda o‘tashlari lozimligi, aks holda, jazolarni  o‘tash tartibi va shartlarini buzgan taqdirda tayinlangan jazo og‘ir turdagi jazoga almashtirilishi haqida ogohlantirdi.

Yig‘ilishda tuman hokimi, imom-xatib va boshqa mas’ullar so‘zga chiqib, hozirgi kunda o‘tkazilayotgan islohotlar, amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlarga to‘xtaldi hamda nazorat ostidagi shaxslarni jinoyat sodir qilmaslik, qonunchilikni buzmaslikka chaqirib,  belgilangan tartib-qoidalarga amal qilish o‘z fikr-mulohazalarni bildirdilar.

Tadbir yakunida "Ishga marhamat" mehnat yarmarkasi o‘tkazilib, 2 nafar nazorat ostidagi shaxslarga yo‘llanmalar berildi.

Text to speech