Probatsiya guruhi hisobida turgan shaxslar bilan profilaktik suhbat o‘tkazdi
Qamashi pedagogika kollejida tuman IIB Probatsiya guruhi nazoratidagi shaxslar va yoshlar o‘rtasida "Giyohvandlik va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga chek qo‘yish, yoshlar o‘rtasida tarqatilishining oldini olish va ularning salbiy ta’sirlari" mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.
Viloyat hokimligi ko‘nikma
markazi, viloyat IIB Probatsiya bo‘limi, viloyat narkologiya dispanseri
shifokorlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda so‘z olganlar mavzu
doirasida ishtirokchilariga tushunchalar berishdi.
Yoshlar o‘rtasida
giyohvandlikning salbiy oqibatlari to‘g‘risida targ‘ibot tadbirlarini
ko‘chaytirish lozimligi ta’kidlandi.
Shuningdek, "Probatsiya to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati yuzasidan ham tushuntirish ishlari olib borildi.