4 Avgust 2025 yil 1199

Prezidentimizning 2025 yil 3 yanvar kunidagi 1-sonli Qarori va ichki ishlar organlarida o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor profilaktik tadbirining ikkinchi bosqichi doirasida Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Abduvoxid Ismoilov Yakkabog‘ tuman IIBda kriminogen vaziyatni jilovlash, jamoat tartibini saqlash borasida amalga oshirilgan yuzasidan o‘rganishlar olib bordi.

Prezidentimizning 2025 yil 3 yanvar kunidagi 1-sonli Qarori va ichki ishlar organlarida o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor profilaktik tadbirining ikkinchi bosqichi doirasida Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Abduvoxid Ismoilov Yakkabog‘ tuman IIBda kriminogen vaziyatni jilovlash, jamoat tartibini saqlash borasida amalga oshirilgan yuzasidan o‘rganishlar olib bordi.
Boshqarma boshlig‘i Yakkabog‘ tumani “Jambul” mahallasini borib ko‘rib, jamoat tartibini saqlash, xavfsiz muhit yaratish va jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Tahlil jarayonida aholi gavjum joylar, bozorlar va ko‘pqavatli uylarga videokameralar, domofonlar va tashvish tugmalari o‘rnatilgani, “namunali ko‘cha” va “namunali yo‘lak”lar tashkil etilgani qayd etildi. Jinoyatlarni “issiq izlar”da fosh etishda tezkor va sohaviy xizmatlar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
Shuningdek, “xonadonbay” va “mahallabay” usulida qonunbuzarliklarning oldini olish, giyohvandlik va psixotrop moddalarga qarshi profilaktika ishlarini kuchaytirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
Mahallada ta’mirlanayotgan bino ko‘zdan kechirilib, fuqarolar uchun qulayliklar yaratish yuzasidan tavsiyalar berildi.
O‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor profilaktik tadbiri doirasida bozorlarda, aholi gavjum joylarda jamoat tartibini saqlash, jinoyatlarni erta aniqlab oldini olish, huquqbuzarliklarga qarshi kurashni kuchaytirish maqsadida tuman “Oziq-ovqat va dehqon bozori”da o‘rganishlar olib bordi.
Jamiyatda jamoat tartibini saqlash, fuqarolar tinchligi va osoyishtaligi, mol-mulk daxlsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olish uchun bozorda videokameralar o‘rnatish, do‘konlarni qo‘riqlash pultiga topshirish hamda raqamli texnologiyalar imkoniyatlarida keng foydalanish bo‘yicha bozor rahbariyati zimmasiga aniq vazifalar qo‘ydi.
Xizmatga jalb etilgan ichki ishlar organlari sohaviy xizmatlari va Qo‘riqlash xizmati xodimlariga qonunbuzarliklarni barvaqt aniqlab oldini olish, xizmat samaradorligini oshirish, jamoat joyi hamda turli ko‘ngilochar maskanlarda maqsadsiz yurishlarini bartaraf etishga oid topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.
O‘rganishlar yakunida tumanda kriminogen vaziyatni jilovlash, jinoyatlarni oldini olish, qonunbuzarliklarga barham berish borasida amalga oshirilgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda boshqarma boshlig‘i tuman IIB xodimlarining o‘tgan davrdagi faoliyati atroflicha muhokama etilib, ulardagi muvaffaqiyat va kamchiliklar tahlil etildi. Amalga oshirilayotgan profilaktik tadbir natijalari ko‘rib chiqildi va tahlillar bo‘yicha mas’ullarga muhim topshiriqlar berildi. Faoliyat samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Shuningdek, kengaytirilgan yig‘ilishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar keng muhokama etilib, kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.
Text to speech