Prezidentimizning 2017 yil 14 martdagi qarori bilan haftaning payshanba kuni «Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni» etib belgilangan
Shunga asosan ayni vaqtda Qashqadaryo viloyatida faoliyat olib borayotgan respublika ishchi guruhi bilan birgalikda vohadagi Shaxar-tumanlarda huquqni muhofaza qiluvchi hamda boshqa davlat idoralari va tashkilotlar bilan hamkorlikda payshanba kuni «Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni» tashkil etilib, fuqarolarning sayyor qabullari, sud muhokamalari, jinoyatchilikning oldini olish borasida targʼibot-tashviqot ishlari, yoʼl harakati xavfsizligi boʼyicha reydlar, fohishalik, ichkilikka ruju qoʼyish, giyohvandlikni odat qilgan shaxslarlar bilan profilaktik suxbatlar oʼtkazilmoqda.
Qaror ijrosi doirasida amalga oshirilgan keng koʼlamli ishlar natijasida IIOda profilaktik hisobda turgan 1266 nafar shaxslar va ularning oila aʼzolari bilan profilaktik suhbatlar oʼtkazildi, "Davomad" tadbirlari davomida sababsiz darsga qatnashmagan 51 nafar oʼquvchilar va ularning ota-onalarga nisbatan maʼmuriy choralar koʼrildi.
Jami 8007 xonadonlar oʼrganilib, aniqlangan pasport viza tartib qoidalarini buzgan 41 nafar shaxslar aniqlanib, ulardan doimiy yoki vaqtincha yashash tartibini buzgan 13 nafariga maʼmuriy bayonnomalar tuzildi.
Jamoat tartibini saqlash maqsadida tashkil etilgan patrullik yoʼnalishlari tomonidan 254 ta ov qurollari tekshirilib, 30 ta obʼektlarda videokuzatuv moslamalari oʼrnatildi.
Huquqbuzarlarga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, qidiruvda boʼlgan bir nafar shaxs qoʼlga olindi.
Huquqbuzarliklar oʼz-oʼzidan sodir etilmaydi, maqsadimiz jamiyatda xavfsizlik va jamoat tartibini saqlash, fuqarolar hushyorligi va ogohligini oshirish, tinchlik, osoyishtalik va barqarorlikni taʼminlash borasidagi faoliyatini yanada kuchaytirish.