2 Iyun 2021 yil 493

Prezidentimiz Sh.Mirziyoev tomonidan belgilangan vazifalarni ijrosini taʼminlash maqsadida Qashqadaryo viloyat IIB Tergov boshqarmasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar

Barcha sohalarda boʼlgani kabi ichki ishlar organlarida kechayotgan yangilanish va oʼzgarishlar tizimning tergov sohasida ham yaqqol koʼzga tashlanmoqda. Jumladan, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan joriy yilning 12 fevralь kuni Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hayʼatining kengaytirilgan yigʼilishida ichki ishlar organlari xodimlarining moddiy va ijtimoiy taʼminotini yaxshilash, kadrlar tayyorlash tizimi eng yangi yondashuvlarga, innovatsiyalarga asoslanishi, ular shiddat bilan oʼzgarayotgan zamon va shart-sharoitlarga mos boʼlishi zarurligi haqida vazifalarni belgilab bergan edilar.
Mazkur topshiriq ijrosidan kelib chiqib hamda Tergov departamenti tomonidan xodimlarga qulay sharoitlar yaratib berish boʼyicha berilgan koʼrsatmalar ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 30 may kuni Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov boshqarmasida yigʼilish boʼlib oʼtdi. Tergov boshqarmasi va uning shahar-tuman Ichki ishlar boʼlinmalaridagi surishtiruvchi va tergovchilar ishtirok etgan yigʼilishda xodimlar zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bekamu kust, samarali amalga oshirishlari uchun ichki ishlar vazirligi va viloyat ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan yetarlicha shart-sharoitlar yaratilib, moddiy-texnik taʼminoti yaxshilanayotgani qayd etildi.
Shu bilan birga xodimlarining malakasini oshirish, qayta tayyorlash boʼyicha ham sohada tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Yigʼilish yakunida tergov boʼlinmalari xodimlariga 15 ta eng zamonaviy turdagi monoblok va rangli prentir, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, bilim saviyasi va savodxonligini oshirish maqsadida badiiy kitoblar topshirildi.

Text to speech