30 Dekabr 2020 yil 499

PREZIDENT SOVGʼАLАRI TАNTАNАLI RАVISНDА TOPSНIRILDI

Yangi yil hamma uchun zavq va shavqqa toʼla bayram. Аyniqsa, bolajonlar bu bayramda Qorbobo va Qorqizni orziqib kutishadi. Bu holat jajji qalblarda moʼʼjiza kashf etadi. Аna shunday damlarda tugʼma nogiron, qalbi oʼksik, ota-ona mehriga zor bolajonlar holidan xabar olish, ularga muruvvat koʼrsatish xalqimizga xos ezgu qadriyatdir.
Qashqadaryo viloyati IIB boshligʼi polkovnik Sh.Satvoldiev va Kitob tumani hokimi А.Zakirovlar Yangi yil bayram arafasida tumandagi Kitob bolalar uyi va Kitob 5-sonli Mehribonlik uyiga tashrif buyurib, bu maskanlarda tarbiyalanayotgan bolajonlarga Muhtaram Prezidentimizning bayram sovgʼasini tantanali ravishda topshirishdi.
Yakunida 5-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari tomonidan tayyorlangan kontsert dasturi ishtirokchilar va bolajonlarda katta taassurot qoldirdi.

Text to speech