22 Aprel 2022 yil 721

Prezident Shаvkаt Mirziyoev Qаshqаdаryo viloyatigа tаshrifi dаvomidа Kаsbi tumаnidаgi “qаmаshi” mаhаllа fuqаrolаr yigʼinidа boʼldi

     Prezident Shavkat Mirziyoev Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida Kasbi tumanidagi “Qamashi” mahalla fuqarolar yigʼinida boʼldi
Muhtaram Prezidentimiz Qashqadaryo viloyatiga tashriflari davomida Kasbi tumanidagi “Qamashi” mahalla fuqarolar yigʼinidagi yangilanish, oʼzgarishlar, shu jumladan, profilaktika inspektorining faoliyati bilan ham yaqindan tanishdilar. Yangi Oʼzbekiston tamoyili asosida mahalla tizimida amalga oshirilayotgan soʼnggi islohotlarga monand profilaktika inspektori, mahalla raisi, shuningdek, mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish va kambagʼallikni qisqartirish boʼyicha Hokim yordamchisi, Yoshlar yetakchisi va xotin-qizlar faollari bilan hamkorlikda aholini ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini aniqlab, “xonadonbay”, “fuqarobay” oʼrganish tizimini amaliyotga jadal tatbiq etganligini alohida eʼtirof etdilar. Natijada mahallada aniqlangan muammo va kamchiliklarni mahallani oʼzida hal qilish choralarini koʼrib, hamkorlikda ishlarni olib borganligi natijasida mahalla xududida ayollar, yoshlar va ishsizlar tomonidan soʼnggi uch yil davomida bironta jinoyat sodir etilishiga yoʼl qoʼyilmagan.
     Xizmatda bunday ijobiy natijalarni qoʼlga kiritishda fidoyilik koʼrsatgani uchun Kasbi tuman IIB JXX HPB profilaktika katta inspektori mayor Аvliyoqul Farmonovning kamtarona xizmatlarini Yurtboshimiz inobatga olib, unga muddatidan oldin ragʼbatlantirish tariqasida podpolkovnik maxsus unvoni berdi.
     Ushbu unvonni Ichki ishlar vaziri oʼrinbosari - Jamoat xavfsizligi departamenti boshligʼi polkovnik Bekmurod Аbdullaev mayor Аvliyoqul Farmonovga tantanali ravishda topshirdi.
     Davlat rahbari tomonidan eʼtirof etilgan profilaktika inspektorining xizmatda ijobiy natijalarga erishish tajribasi profilaktika inspektorlariga oʼrnak boʼlishi va bu tajribani sohada ommalashtirish tavsiya etildi.

Text to speech