16 Iyun 2025 yil 2065

Prezident raisligida maktab ta’limi tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida qo‘yilgan talab “Dolzarb 90 kun” tadbiri doirasida Qarshi shahridagi 29-maktabda “Uch avlod” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyat ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati, sohaviy xizmatlari xodimlari, boshqarma faxriylar kengashi a’zolari, mahalla faollari hamda maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilar ishtirok etishdi.

Yoz masumida  maktab o‘quvchilarining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan tadbirda xodimlar va faxriylar yoshlar bilan mazmunli suhbat uyushtirishdi. 

Tadbirda ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 19 yanvar kunidagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori asosida yoshlarni vatarparvarlik ruhida tarbiyalash, Ona-vatanga bo‘lgan muhabbatini yuksaltirish, o‘quvchilarni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kitobxonlikni targ‘ib qilish,  o‘quvchilarni vatarparvar, uchun milliy g‘oya va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, qadimiy tariximiz va madaniyatimiz bilan tanishtirish borasida o‘quvchilarga ma’lumot va tushunchalar berildi. Jarayonda kitob yarmarkasi tashkil etildi.

Shundan so‘ng o‘quvchilar bilan sportning shaxmat va shashka, valeybol, futbol turlari bo‘yicha musobaqa tashkil etildi. Musobaqalarda g‘olib bo‘lgan bolajonlarga boshqarma rahbariyatining sovg‘alari va kitoblar topshirildi.

Boshqarma sohaviy xizmatlari xodimlari tomonidan o‘quvchilar ichki ishlar organlaridagi kriminalistik texnikalar va qurollarning ko‘rgazmasi tashkil etilib, texnik va taktik xususiyatlari haqida ma’lumotlar berildi. 

Boshqarma tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi xodimlarining jangovar sport mashg‘ulotlari namoyishi yoshlarda katta tassurot qoldirdi.   

Yakunda san’atkorlarning badiiy chiqishlari o‘quvchilarga xushkayfiyat ulashdi.

Text to speech