30 Yanvar 2025 yil 618

Prezident Administratsiyasi topshirig‘i asosida Respublika ishchi guruhi viloyat mas’ullari bilan Koson tumanida ommaviy sayyor qabul o‘tkazdi

Koson tumanida bo‘lib o‘tgan ommaviy sayyor qabulda Prezident Xalq qabulxonasi vakillari, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Oliy sud, vazirliklar va idoralar, banklar mas’ullari, viloyat sektorlar rahbarlari, viloyatdagi korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda ishtirok etishdi. 

Kasbi, Muborak, Ko‘kdala va Koson tumani fuqarolari ishtirok etgan qabulda viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Talat Mamatqulov bir guruh fuqarolarning ichki ishlar organlarining tergov, tezkor qidiruv va profilaktika xizmati xodimlari olib borilayotgan surishtiruv va tergov harakatlari va ID-kartalar olishga oid muammolarini tingladi.  

Qabulda 21 nafar fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Shundan 6 ta muammolar joyida hal etildi. Ba’zi murojaatchilarga huquqiy tushuntirish berilib, o‘rganish uchun vaqt va mablag‘ talab etadigan 15 ta murojaatlar nazoratga olindi.

Jarayonda O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi olgan shaxsga va ilk pasport olish yoshiga yetgan yoshlarga ID-kartalari tantanali ravishda topshirildi.

Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Text to speech