10 Sentyabr 2021 yil 430

PPX batalonida “Vatanparvarlik kuni” tadbiri doirasida “Ochiq eshiklar kuni”

 

Viloyat IIB PPX va JTSB PPX batalьonida yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va ichki ishlar organlari faoliyatiga qiziqtirish maqsadida “Vatanparvarlik kuni” tadbiri doirasida “Ochiq eshiklar kuni” boʼlib oʼtdi. IIV Qashqadaryo akademik litseyi oʼquvchilari “Ochiq eshiklar kuni” munosabati bilan batalьonga tashrif buyurib, xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar, texnikalar, aloqa va komyuьter texnolgiyalari bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, maxsus himoya vositalari, jangovar va xizmat avtomashinalar, qurol-yarogʼlar va portlash uskunalari va kiyim –boshlar namoyish etildi.
Yoshlar, ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilarda jasurlik, mardlik, faxr-iftixor tuygʼularini shakllantirishga qaratilgan tadbirda batalьon xodimlarining maʼnaviy va maʼrifiy bilimlarini oshirish, vatanparvarlik, Vatanga muxabbat, milliy istiqlol gʼoyalariga sodiqlik, fuqarolarda ichki ishlar organlariga hurmat tuygʼusini shakllantirish boʼyicha fikr-mulohazalar bildirildi.
Vatan va xalq manfaatlariga xizmat qilish sharafli va muqaddas burch ekani, davlatimiz va ichki ishlar organlarining timsollari bilan faxrlanib, qasamyodiga sodiq boʼlish hamda kasbiy burchini bajarishda qonuniylikka qatьiy rioya etish tuygʼusini chuqur singdirish orqali xalqning ularga boʼlgan ishonchi va hurmat hissini yuksaltirish borasida davra suhbati tashkil etildi.

Text to speech