21 May 2024 yil
296
Poytaxtda bekingan qochoq ushlandi
Firibgarlik xatti-harakatini sodir etgani uchun
tergovga jalb etilgan Shahrisabz tumani “Yangihayot” MFYda yashagan Sh.J.
qonundan qochib qutulmoqchi bo‘ldi. Ammo, buzoqning qochgani somonxonagacha
deganlaridek, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi
3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan Sh.J. O‘zbekiston Respublikasi IIV
tezkor xodimlari tomonidan Toshkent shahar hududidan ushlanib, Vaqtincha
saqlash hibsxonasiga joylashtirildi.