Pistalar orasidagi marixuana
Xalqimizda odamning olasi ichida, degan naqli bejizga aytilmagan. Darhaqiqat, viloyat ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan “Qoradori-2021” tezkor tadbiri jarayonida ana shunday shaxslardan birining kirdikorlari fosh etildi. Jumladan viloyat IIB JQB va YHXB xodimlari tomonidan 2021 yil 02 iyunь kuni soat 23:50 larda Chiroqchi tumani “Umakay” YPX maskanida “Surxondaryo-Toshkent” yoʼnalishida harakatlanib kelayotgan N.А. boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomashina toʼxtatib, koʼzdan kechirilganda old oʼrindiqda yoʼlovchi tariqasida kelayotgan Surxandaryo viloyati Denov tumani, “Qiziljar” QFYda yashovchi M.X.ning xatti-harakatlari osoyishtalik posbonlarida shubha uygʼotdi. M.X.ning tegishli sumka tekshirib koʼrilganda, selofan paket ichiga solingan pista (semechka)lar orasidan skotchlangan 5 dona gugurt qutilaridagi “Marixuanna” giyohvandlik moddasi chiqdi. “Marixuana” giyoxvandlik vositasining ogʼirligi 32,7 gramm tosh bosdi.
Mazkur holat yuzasidan Chiroqchi tumani IIO FMB huzuridagi TB tomonidan jinoyat ishi qoʼzgʼatildi.