12 Dekabr 2022 yil 237

“Pirotexnika” tadbiri davomida

Qarshi shahar hududida Qashqadaryo viloyati IIB JXX JTSB PPX batalyoni xodimlari tomonidan pirotexnika vositalarining noqonuniy muomalasi bo‘yicha o‘tkazilgan “reyd” tadbiri davomida yana bir shaxsning kirdikorlari fosh etildi. Jumladan, 2022 yil 11 dekabr kuni soat 15:00 larda boshqarma JXX JTSB Patrul-post xizmati batalyoni xodimlari tomonidan  Qarshi shahar, Xonobod shoh ko‘chasida shubha uyg‘otgan fuqaro to‘xtatildi.

Fuqaroning qo‘l yuklari ko‘zdan kechirilganda Qarshi shahrida yashovchi X.M. Qirg‘iziston Respublikasida ishlab chiqarilgan 30 quti ya’ni, 1800 dona “Britanik” pirotexnika vositasi borligi aniqlanib tegishli tartibda hujjatlashtirib olinib, hududiy profilaktika inspektoriga topshirildi.

Viloyatda “Pirotexnika” tadbiri davom etmoqda.

Text to speech