Epchillar va chaqqonlar g‘olib bo‘ldi
Qashqadaryo viloyati ichki ishlar
boshqqarmsida xodimlarning jismoniy va jangovar tayyorgarligini oshirish borasida
bir qator sport musobaqalari uyushtirilmoqda. Jumladan, yaqinda boshqarma tarkibiy
bo‘limlari va sohaviy xizmatlari hamda shahar-tuman ichki ishlar bo‘limlari xodim
va xodimalari o‘rtasida sportning stol tennis turi bo‘yicha musobaqasi bo‘ldi.
Qizg‘in va murosasiz kechgan musobaqaning
xodimlar o‘rtasidagi bahslarida 1-o‘rinni Dehqonobod tuman ichki ishlar bo‘limi
profilaktika inspektori, leytenant Suxrob Bobomurodov qo‘lga kiritdi. Navbatdagi
sovrinli o‘rinlarni viloyat ichki ishlar boshqarmasi Moliyaviy ta’minot xizmati hisobchisi, safdor
Azizbek A’zamov va G‘uzor tuman ichki ishlar bo‘limi profilaktika inspektori, leytenant Ma’murjon Bo‘ronov band etishdi.
Epchillar va chaqqonlar musobaqasining
xotin-qizlar o‘rtasidagi tennis o‘yinlarida Qarshi shahar ichki ishlar organlari
faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi
katta inspektori, podpolkovnik Adolat Begimova barcha raqiblaridan ustunligini
namoyish etib, g‘oliblik shohsupasidan joy oldi. Viloyat ichki ishlar boshqarmasi
voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish markazi boshlig‘i, mayor
Gulmira Turdiboeva 2-o‘rinni, Qarshi shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish
boshqarmasi katta inspektori, leytenant Nargiza
Maqsadova 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
G‘oliblar boshqarma rahbariyatining
diplomi va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.