8 Fevral 2024 yil 410

“Payshanba – huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni”

“Payshanba – huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” munosabati bilan Dehqonobod tuman M va MTBga qarashli  71-son maktabda “Qasddan badanga tan jarohatlari yetkazish jinoyatlari va ularning huquqiy oqibatlari” mavzusida tarbir uyushtirildi. Targ‘ibot tadbirida Dehqonobod tuman IIB huzuridagi Tergov guruhi xodimlari, maktab o‘qituvchilar va o‘quvchilari ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘z olganlar qonunchilikda tan jarohati yetkazish uch turga yengil, og‘ir va o‘ta og‘ir turlarga bo‘linishi, bunday holatdlar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining moddalarida ko‘rsatilgan javobgarlik va uning huquqiy oqibatlari xususida so‘z yuritishdi. Qolaversa yoshlarning bu jinoyalarga qo‘l urishi, sudlanganlik holatini keltirib chiqarishdan tashqari, kelajagiga ham jiddiy ta’sir ko‘rsatishi tushuntirildi.

Yakunda mavzu doirasida ishtirokchilarning savollariga atroflicha javoblar berildi.

Text to speech