12 Yanvar 2024 yil 495

Payshanba - huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni

G‘uzor tumanidagi 29-o‘rta ta’lim maktabida maktab qizlari o‘rtasida erta turmushning oldini olish, ularning ta’lim olishi, qonun bilan mustahkamlab quyilgan huquq va erkinliklari bu borada ota-onaning majburiyatlari borasida amalga oshirilayotgan ishlar targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda so‘z olgan G‘uzor tuman IIB JXX HPB XQMB katta inspektori va inspektor-psixologi mamlakatimizda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida berilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar yildan-yilga ortib bormoqda. Xotin-qizlarning  huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish,  ijtimoiy-siyosiy    faolligini  oshirish, tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish, ehtiyojmand xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, Gender tengligini ta’minlash borasida keng ko‘lamli islohotlar  amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.

Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Text to speech