Payshanba - huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni
Shahrisabz
shahar “Sariosiyo” MFYda faollar ishtirokida yil yakuni bo‘yicha ayollar hamda voyaga yetmagan yoshlar jinoyatchiligining tahliliga bag‘ishlangan
muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda so‘zga chiqqanlar joriy yilda xotin-qizlar
va voyaga yetmaganlar orasida huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish, jinoyatlarni
oldini olishning ustuvor jihatlari xususida so‘z yuritishdi. Mahallada ro‘y bergan
jinoyatlar tanqidiy tahlil etilib, bu borada kelgusida amalga oshirilishi lozim
bo‘lgan chora-tadbirlar belgilanib, mahalla “ettiligi”ning mas’uliyati oshirildi.
Bunda mahalla faollari va har bir fuqaro qonunbuzarliklarni oldini olishga o‘z hissasini
qo‘shishi, qizlarni erta turmush qurishini oldini olishga o‘z hissasini qo‘shishi
ta’kidlandi.
Shuningdek, , xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan
himoya qilish borasidagi ishlar ham muhokama
etilib, tegishli chora-tadbirlar belgilandi.