27 Sentyabr 2024 yil 421

“Payshanba - huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni”

“Payshanba - huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” munosabati bilan Kitob tumanida tungi xizmatga jalb etilgan ichki ishlar organlari sohaviy xizmatlari, Milliy gvardiya, va boshqa huquq-tartibot idoralari a’zolariga bo‘lim boshlig‘i podpolkovnik Ikrom Tog‘ayev Yo‘riqnoma o‘tkazdi.

Tungi xizmatga jalb qilingan xodimlarga  huquqbuzarliklar va jinoyatlarni  barvaqt aniqlab oldini olish, xizmat samaradorligini oshirish hamda tungi vaqtlarda fuqarolarning jamoat joyi hamda turli ko‘ngilochar maskanlarda maqsadsiz yurishlarini bartaraf etishga oid topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Xizmat davomida ichki ishlar organlari xodimlari qonunbuzarliklarni oldini olish, jinoyatlarini fosh etish maqsadida Kitob tuman markazida joylashgan bir qator kompyuter o‘yinlari xonasi va kalyanxonalarda tungi reydlar o‘tkazdi.

Reyd tadbiri davomida ota-ona yoki ularni o‘rnini bosuvchi shaxslarsiz voyaga yetmaganlar kompyuter o‘yinxonalariga qo‘ymaslik bo‘yicha mas’ullar bilan profilaktik suhbatlar olib borildi.

Shuningdek, tadbir davomida xatti-harakati shubha uyg‘otgan fuqarolar hududiy huquq-tartibot maskaniga olib kelinib, shaxsiga aniqlik kiritilib, profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.

  Jarayonda tungi reydda qoidabuzarlik sodir etgan avtomashinalar haydovchilariga tegishli choralar ko‘rildi.

Text to speech