28 Aprel 2021 yil 643

OZODLIKNI QАDRIGА YETING


Аdashib, bilib-bilmay jinoyat sodir etgan, qilmishiga chin koʼngildan pushaymon boʼlgan shaxslarni kechirish, ular erkin hayotga moslashishi uchun koʼmaklashish azaliy qadriyatlardan sanaladi. Yaqinda Chiroqchi tuman IIO FMB Probatsiya guruhida nazoratda turgan shaxslar qayta jinoyat sodir etishini oldini olish yuzasidan hamkor tashkilotlar ishtirokida profilaktik davra suhbat oʼtkazildi. Ochiq muloqot ruhida oʼtgan uchrashuvda davlatimiz tomonidan fuqarolarga yaratib berilayotgan keng imkoniyat va sharoitlar, imtiyozli kredit va subsidiyalar toʼgʼrisida huquqiy maʼlumot yetkazilib, ularni qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar berildi.
Tadbirda jinoyat ishlari boʼyicha Chiroqchi tuman sudining sayyor sud majlisi oʼtkazildi. Sud jazoni oʼtashdan boʼyin tovlab kelgan bir nafar shaxsning jazosini ogʼirroq turdagi jazoga almashtirish, besh nafar shaxslar tuzalish yoʼliga oʼtganligi, xatolarini tushunib yetganligini inobatga olib, oʼtalmay qolgan jazodan muddatidan ilgari shartli ozod etish toʼgʼrisida ajrim chiqardi.
Yigʼilishda Qashqadaryo viloyati IIB Probatsiya boʼlimi boshligʼi mayor S.Sharopov ishtirok etdi.

Text to speech