29 Oktyabr 2021 yil 464

Oʼzganing mulkini oʼzlashtirgan shaxs qoʼlga olindi

Qarshi shahar “Navo” MFYda yashovchi R.D ariza bilan murojaat qilib, arizasida 2021 yil 21 oktyabr kuni soat 15:20 larda Qarshi shahar “Choʼlquvar” mahallasida joylashgan “Golden fish” nomli mehmonxona kirish eshigi yonida joylashgan, stol ustida turgan bozor bahosi 600.000 soʼmlik “drell” apparatini nomaʼlum shaxslar oʼgʼirlab ketganligini bildirgan. Voqea joyidan olingan barmoq izlari viloyat EKBda mavjud boʼlgan beometrik idintifikatsiya tizimi orqali tekshirib koʼrilganda, ushbu oʼgʼirlik jinoyatini Koson tumani “Bunyodkor” MFYda yashovchi L.R sodir etganligi aniqlangan. Qarshi shahar IIO FMB 3-sonli IIB huzuridagi TB tomonidan L.R.ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Text to speech