21 Iyul 2022 yil 307

O‘zganing haqi buyurmas

Yakkabog‘ tumani, “Mustaqillik” MFYda yashovchi, uy bekasi A.SH. tushlikdan so‘ng uyiga kelib kiyim-kechak javoni ag‘dar-to‘ntar bo‘lib yotganini ko‘rib yuragi hapriqdi. Darhol javonda tilla taqinchoqlari va pulini qidirishga tushdi. Ammo 2 dona tilla uzugi va 7 800 000 so‘m pullarini topolmadi.

Darhol viloyat IIB 102 tizimiga murojaat qildi. Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlarini olib borgan Yakkabog‘ tuman IIB xodimlari mazkur o‘g‘rilikni tumanning “Chinobod” MFYda yashovchi muqaddam sudlangan M.A. sodir etganligini aniqladi.

Hozirda Yakkabog‘ tuman IIB TB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib boilmoqda.

Text to speech