6 Mart 2021 yil
573
OʼZBOSHIMCHАLIK QIMMАTGА TUSHDI
Keyingi paytlarda mamlakatimizda muqaddam sudlanganlar, Probatsiya xizmati nazoratidagi shaxslarni ijtimoiy hayotga moslashtirish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Koʼrsatilayotgan bunday gʼamxoʼrlikdan toʼgʼri xulosa chiqarib, axloqan tuzalish yoʼliga oʼtgan shaxslar jazodan muddatidan oldin ozod etilmoqda. Biroq berilgan imkoniyatdan foydalanish oʼrniga oʼzboshimchalik qilib, qonunbuzarlik sodir etayotgan shaxslar ham uchramoqda. Jumladan, Dehqonobod tuman IIB Probatsiya guruhi hisobida nazoratda turgan shaxs N. U. jazo oʼtashdan qasddan boʼyin tovladi. Oqibatda u oʼtalmagan ikki yildan ortiq jazosi JIB Dehqonobod tuman sudi tomonidan ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirilib, jinoyatga jazo muqarrarligi taʼminlandi.