7 Sentyabr 2021 yil 562

Oʼzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Qashqadaryo viloyati boʼlimida “Yangi Oʼzbekiston – maktab ostonasidan boshlanadi” mavzusida maʼrifat darsi boʼlib oʼtdi


Unda viloyat ichki ishlar boshqarmasi, boshqarma Faxriylar kengashi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat boʼlimi hamda Oʼzbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyati boʼlimi, ichki ishlar organlarining sohaviy xizmatlari xodimlari ishtirok etishdi.
Yigʼilishni Oʼzbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyati boʼlimi rahbari Oʼroz Haydarov ochib, Prezidentmi, senatormi, huquqshunosmi, shifokoru oʼqituvchi, qoʼyingki barcha ilk tahsilni maktabda oladi, - dedi. - Shu bois, mamlakatimizda boshqa sohalar qatori ichki ishlar organlarida ham taʼlim sohasiga katta eʼtibor qaratilib, bir qator yangilanish va oʼzgarishlar amalga oshirilmoqda. Shu qatorda barcha sohalarda boʼlgani kabi ichki ishlar organlari xodimlarining maʼnaviy-maʼrifiy, ijtimoiy-siyosiy bilimini oshirish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish maqsadida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Natijada sohada “Eng yaxshi kitobxon, “Bilimdonlar bellashuvi” va shu kabi qator maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, kitobxonlik kunlari tashkil etilgani bu boradagi ishlarning uzviy amalga oshirib kelinayotganidan dalolatdir.
-Xalqimizda “Ustoz – otangdek ulugʼ” - degan naql bor. Bu ibora bejizga aytilmagan, - dedi tadbirda soʼz olgan boshqarma Faxriylar kengashi raisi, isteʼfodagi polkovnik Sodiq Islomov. - Sohaga endi xizmatga kirgan yoshlarga murabbiychilik harakati doirasida kasb sir-asrorlarini oʼrgatish, qaltis vaziyatlarda toʼgʼri va oqilona qaror qabul qilib, jinoyatchini zararsizlantirish va kundalik xizmat jarayonida yuzaga keladigan muammolarni hal etish borasida ustozlar oʼgiti yoshlarga maktab. Xizmatda halol va toʼgʼrisoʼz, fuqarolar bilan muomalada shirinsuxan boʼlish, mashaqqatli va sharafli kasbda xalq xizmatini sharaf bilan ado etish kabi xislatlar ham soha xodimlarining xalq orasidagi obʼroʼ-eʼtiborini oshiradi.
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Qashqadaryo viloyat boʼlimi rahbari Lola Saodatova soha xodimlarining mashaqqatli va sharafli xizmatdan soʼng, oilaviy hordiq chiqarishi va bu boradagi bilimlarini boyitish uchun maʼnaviy tadbirlar – viloyatdagi tarixiy obidalarga sayohati, kinoteatrlarga jalb etilishi albatta, oʼz samarasini berishini taʼkidladi. Bundan tashqari, soha xodimlari orasida badiiy ijod, musiqa va sanʼatning boshqa sohalariga qiziqishi, isteʼdodiga qarab jalb etilishi ham maʼnaviy, ham ruhiy quvvat boʼlishini bildirdi. Bu borada viloyat Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasi bilan tuzilgan memorandum mustahkam asos boʼlib xizmat qilayotir.
Tadbirda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi va Yozuvchildar uyushmasi viloyat boʼlimi bilan kelgusida hamkorlik qilish, xodimlarning kitobxonlik madaniyati va bilimini oshirish maqsadida qoʼshma memorandum imzolandi.

Text to speech