16 Sentyabr 2020 yil 1186

“Oʼzbekiston Respublikasiga sadoqat bilan xizmat qilaman” - Bu soʼzlar mukofotlanganlar tomonidan baralla aytildi

Qashqadaryo viloyati IIBda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 26 may kunidagi PF-5999-sonli Farmoniga asosan taʼsis etilgan “Mehr-saxovat” koʼkrak nishonini topshirishga bagʼishlangan tantanali tadbir boʼlib oʼtdi. Mukofotlarni topshirishga bagʼishlangan tadbirni viloyat IIB   boshligʼi polkovnik Shuxratjon Satvoldiev ochdi.

- Boshqarma boshligʼi mukofotlanganlarni kutlab, tinchlik va osoyishtalik, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, jahon miqyosida tarqalgan koronavirus pandemiyasi davrida, shuningdek, favqulodda holatlar tufayli xalqimiz boshiga tushgan sinovli kunlarda mavjud xavf-xatarlarga qarshi kurashish va oqibatlarini bartaraf etishda ichki ishlar organlari xodimlari mardlik va jasorati namunasini koʼrsatdi. Ushbu jarayonda xodimlarimiz ajdodlarimizga xos xayrli va savobli ishlar - maʼnaviy koʼmakka, moddiy yordamga muhtoj, chorasiz odamlarga koʼmaklashishdek savob ishlarni ham amalga oshirdi, - dedi polkovnik Shuxratjon Satvoldiev. – Xalqimizda xizmat qilgan elda aziz deganlaridek, ichki ishlar organlari xodimlarining mashaqqatli va masʼuliyatli xizmati hukumatimiz tomonidan munosib taqdirlanmoqda. Koronavirus pandemiyasi davrida huquqbuzarliklar, jinoyatchilikning barvaqt aniqlab oldini olish, jamoat tartibi va xavfsizligini taʼminlash tadbirlarida faol ishtirok etgani uchun Prezidentimizning 2020 yil 26 may kunidagi Farmoniga asosan taʼsis etilgan “Mehr-saxovat” koʼkrak nishoni bilan bir guruh Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi xodimlari ham taqdirlandi.

Davlatimiz va Ichki ishlar Vazirligining mukofotiga sazovor boʼlgan xodimlarga “Mehr-saxovat”, “Benuqson xizmatlari uchun” koʼkrak nishonlari va esdalik qoʼl soati hamda “Faxriy yorliq”lar tantanali ravishda topshirildi.

Text to speech