10 Yanvar 2023 yil 1056

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining 31 yilligi hamda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Milliy armiyamiz – Yangi O‘zbekistonning mustahkam qalqonidir!” shiori ostida “ Uch avlod uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.

G‘uzor tuman hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining 31 yilligi hamda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Milliy armiyamiz – Yangi O‘zbekistonning mustahkam qalqonidir!” shiori ostida “ Uch avlod uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi. Unda Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi, G‘uzor tuman ichki ishlar bo‘limi rahbariyati, bo‘lim “Faxriylar kengashi” va ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlar va yoshlar ishtirok etishdi.

“Uch avlod uchrashuvi”da so‘z olganlar Vatanparavarlik oliy qadriyat ekani, yurt himoyasi muqaddas burchligini ta’kidlashdi.  Bugungi kunda milliy armiyamizning sarhadlar daxlsizligini ta’minlash borasidagi xizmatlari e’tirof etildi. 

Vatanga, kasbga sadoqat, yurtga muhabbat tuyg‘ularini qalbiga jo etgan ichki ishlar organlari xodimlari ham el osoyishtaligini ta’minlash, jamoat tartibini saqlash,  huquq-tartibotni mustahkamlash borasida samarali xizmat qilib kelayotgani ta’kidlandi. 

Tadbirda xodimlarning kasbiy jangovarligini oshirish, xizmat intizomi buzilishini oldini olish, ijtimoiy-huquqiy himoya qilish, korrupsiya holatlariga murosasiz bo‘lish, ushbu jarayonda shaxsiy tarkib va yoshlarnining ma’naviy-ma’rifiy bilimini oshirib borish qonunchilikka rioya etishi, xizmatda xushmuomalalik  bo‘lishi xususida ham tegishli taklif va tavsiyalar  berildi.

Text to speech