19 Mart 2021 yil 718

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Ichki ishlar vazirligining kengaytirilgan yigʼilishi majlisida

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Ichki ishlar vazirligining kengaytirilgan yigʼilishi majlisida (25-bandida) Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura va Xalq taʼlimi vazirligi viloyat, shahar va tuman IIB boshliqlari va prokurori koʼrsatkichlari salbiy boʼlgan bittadan maktabga shaxsan biriktirilib, oʼquvchilarda huquqbuzarlikka murosasizlik munosabatini, jismonan va maʼnan sogʼlom turmush tarzini shakllantirishga bevosita koʼmaklashishi taʼminlansin, deyilgan. Mazkur topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida vohning shahar va tumanlaridagi koʼrsatkichi salbiy boʼlgan 16 ta maktab 3-sektor rahbarlariga biriktirildi. Jumladan, viloyat IIB boshligʼi polkovnik Sh.Satvoldiev 3-sektorga biriktirilgan Koson tumanidagi 6-sonli oʼrta maktabda boʼlib, u yerda oʼquvchilarga dars berish jarayoni, davomat va yaratilgan shart-sharoitlarni koʼrdi. Tashrif davomida boshqarma boshligʼi har bir sinfda taʼlim olayotgan bolalarning ijtimoiy va oilaviy ahvoli, bolaning dunyoqarashi, fanlarni oʼzlashtirishi bilan yaqindan tanishdi. Tarbiyasi ogʼir, huquqbuzarlik va jinoyat sodir etish moyil oʼquvchilar roʼyxatini tuzib, ular bilan muntazam profilaktik tushuntirish ishlarini amalga oshirish, qonunbuzarliklarning oqibatlari xususida oʼquvchilarning huquqiy ongini boyitish borasida maktab oʼqituvchilari oldiga aniq vazifalar qoʼydi.
Tashrif doirasida maktab binosi, zallari, sinfxona va stadion va boshqa taʼmirga muhtoj qoʼshimcha binolar taʼmirlanadigan boʼldi.

Text to speech