Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʼyicha vakilining (ombudsmanning) Qashqadaryo viloyatidagi Mintaqaviy vakili Murodulla Normuradov viloyatdagi 2-sonli jazoni ijro etish koloniyasiga monitoring tashrifini amalga oshirdi.
Dastlab mintaqaviy vakil mahkumlarning mehnat sharoitlari bilan tanishdi. Maʼlum boʼlishicha muassasa 2300 oʼringa moʼljallangan boʼlib, xozirda bu yerda 1036 nafar mahkum saqlanmoqda. Mahkumarning 90% ish bilan band. Ularning aksariyati hunar oʼrganib, koloniyadagi ishlab chiqarish sexdarida qolganlari esa koloniyadagi xoʼdalik ishlariga jalb etilgan.
Monitoring davomida Murodulla Normuradov mahkumlarning yashash, ovqatlanish, tibbiy xizmatdan foydalanish sharoitlarini ham oʼrganib, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan oʼz tavsiyalarini berdi.
Shuningdek 5 nafar mahkumning iltimosiga koʼra, ular murojaatlari yakkama-yakka tartibda qabul qilindi va oʼrganish uchun olib ketildi.
Ushbu muassasada Qarshi shahri xududiy 13-saylov okrugi saylov uchastkasi joylashgan. Oʼrganish jarayonida mintaqaviy vakilga saylovda ishtirok etish huquqiga ega boʼlgan mahkumlar va saylovga tayyorgarlik jarayonlari haqida ham maʼlumot berildi.
Ombudsmanning Qashqadaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili Murodulla Normuradov Qarshi shaxridagi 5-sonli tergov hibsxonasiga ham monitoring oʼtkazdi.
Аniqlanishicha, mazkur tergov hibsxonasi 500 oʼringa moʼljallangan boʼlib, hozirda unda 529 nafar mahkum va mahbuslar saqlanmoqda. Mintaqaviy vakil muassasadagi saqlanuvchilar soni belgilangan sigʼimdan ortib ketgani hamda ushbu holatning mahkum va mahbuslarning yashash sharoitlariga taʼsirini oʼrgandi.
Terov hibsxonasida saqlanayotgan 18 nafar ayol mahbuslardan 3 nafari yakkama-yakka tarzda qabul qilinishini soʼradi. Shuningdek, yana 10 nafar mahkum ham mintaqaviy vakil qabulida boʼldi. Suhbat davomida ular asosan sud-tergov jarayoni bilan bogʼliq boʼlgan muammolar haqida murojaat qilishdi. Olingan murojaatlar oʼrganish uchun olib ketildi.
Shuningdek, 5-son tergov hibsxonasida joylashgan 75-saylov uchastkasi ham koʼzdan kechirildi. Taqdim etilgan maʼdumotlarga koʼra, hozirda muassasada saqlanayotgann 491 nafar mahkum saylash huquqiga ega. Qayd etish lozimki, ular soni hibsxonaga olib kelinadigan va uni tark etadigan mahbuslar hisobidan har kuni oʼzgarib turishi mumkin. Аniq saylovchilar roʼyxati saylovdan 3 kun oldin eʼlon qilinadi.