21 Fevral 2022 yil 408

Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati ishchi guruhi Qashqadaryo viloyatida

Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xavfsizlik va mudofaa masalalari qoʼmitasi raisi va aʼzolari Qashqadaryo viloyati IIBda voha huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat xavfsizligini taʼminlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi borasida amalga oshirilgan ishlarni oʼrganishni boshladi.
Viloyatda tezkor qidiruv faoliyati, jinoyatchilarni ushlash, bedarak yoʼqolgan shaxslarni topish, fosh etilmay qolgan va sodir etilgan ogʼir,oʼta ogʼir jinoyatlar, uyushmagan yoshlar, xotin-qizlar, voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan qonunbuzarliklar roʼy berishiga shart-sharoit yaratgan omillar, profilaktik ishlar samaradorligini oshirishning ahvoli ishchi guruh tomonidan oʼrganilmoqda. Ishchi guruh huquq-tartibot organlari faoliyat davomida uchrayotgan muammolarni bartaraf etish boʼyicha ham soha xodimlariga amaliy yordamlashmoqda.
Tadbir viloyatning shahar-tuman huquqni muhofaza qiluvchi organlarida davom etmoqda.

Text to speech