12 Iyun 2020 yil 818

Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi masʼul xodimlari joriy yilning 9-12 iyunь kunlarii Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahri Kasbi, Muborak, Shahrisabz, Yakkabogʼ va Gʼuzor tumanlarida sayyor qabul oʼtkazishdi.

Sayyor qabulda nafaqat yuqorida nomlari keltirilgan balki viloyatning boshqa tumanlari aholisi ham ishtirok etishdi. Unda 306 nafar fuqarolar bilan ochiq muloqot oʼtkazildi. Qabulda ishtirok etgan fuqarolardan 161 ta murojaat tushdi.

Bevosita ochiq muloqot ruhida oʼtkazilgan qabul jarayonida murojaatlarning 70 tasi ijobiy hal etildi. Qoʼshimcha oʼrganish talab etiladigan 57 ta murojaatlar koʼrib chiqish uchun tegishli mutasaddi idoralar vakillari tomonidan nazoratga olindi. 34 ta murojaat boʼyicha asoslantirilgan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Murojaatlarda asosan fuqarolik olish, biometrik pasport rasmiylashtirish, soha xodimlariga minnatdorchilik, IIOga ishga tiklash yoki oʼqishga qabul qilish, tergovga qadar tekshiruv hamda surishtiruv harakatlaridan norozilik masalalari koʼtarildi.

Tadbirda 4 nafar fuqaroligi boʼlmagan shaxslar Oʼzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilindi. Ichki ishlar organlariga ishga kirish istagini bildirgan 9 nafar nomzodlar xizmatga qabul qilindi.

Sayyor qabul doirasida Qashqadaryo viloyati IIB boshligʼi oʼrinbosari polkovnik Xabibulla Bozorov Qarshi shahrida istiqomat qiluvchi ichki ishlar organlari faxriysi, isteʼfodagi polkovnik Narzulla Jumanovning va xizmat vazifasini bajarish vaqtida xalok boʼlgan Аziz Аnnaqulovning oilasi holidan xabar oldi, ularga zaruriy oziq-ovqat va kundalik ehtiyoj mahsulotlari berildi. 

Text to speech