Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʼining oʼrinbosari podpolkovnik U.Yaxshiev boshchiligidagi muqaddam sudlangan shaxslarning bugungi turmush tarzi oʼrganilmoqda.
Muqaddam sudlangan shaxslarning oʼz oilasini moddiy jihatdan taʼminlashning asoslari va kundalik turmushda ularni qiynayotgan boshqa muammolarni bartaraf etish yuzasidan joylarda uchrashuvlar oʼtkazmoqda.
Muqaddam sudlangan shaxslar bilan yuzma-yuz savol javoblar oʼtkazilib, moddiy jihatdan qiynalgan, oilasini moddiy taʼminlashda muammolarga duch kelayotgan shaxslarga saxovat va koʼmak berildi. Bundan tashqari, nazoratda turgan shaxslarni hududiy joylashuviga qarab sektor rahbarlariga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi. Unda tomorqadan unumli foydalanish, qishloq xoʼjalik mahsulotlarini ekish, bu borada ehtiyojga qarab urugʼlik va koʼchatlar yetkazib berish boʼyicha tuman hokimligiga tegishli tavsiya va takliflar berildi. Qolaversa ular tomonidan qayta jinoyat sodir etmasligi borasida rasman ogohlantirildi.
Bir soʼz bilan aytganda, bugungi sinovli kunlarda hech kim mehr va eʼtibordan chetda qolgani yoʼq. Qalban birgamiz, Uyda qoling. Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.