8 Sentyabr 2021 yil 442

Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan 2021 yil 20 mart kuni tasdiqlangan “2021 yilda IIV davlat yoʼl harakati xavfsizligi xizmati tizimidagi bino va inshootlarida amalga oshiriladigan qurilish, kapital va joriy taʼmirlash ishlari boʼyicha ishlab chiqilgan dastur”ga asosan, Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Yoʼl harakati xavfsizligi boshqarmasi maʼmuriy binosi toʼliq kapital taʼmirdan chiqarilib, foydalanishga topshirildi

“Yangi Oʼzbekistonda erkin va farovon yashaylik” shiori ostida keng nishonlangan mamlakatimiz mustaqilligining 30 yillik bayrami shukuhi kezib yurgan shu damlarda bir qator yangi binolar foydalanishga topshirilmoqda. Bunday imkoniyat va shart-sharoitlar ichki ishlar organlarining sohaviy xizmatlarida ham amalga oshirilmoqda. Bu borada Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari soha faoliyatini yanada yaxshilashga xizmat qilmoqda. Jumladan, Respublika Prezidentining 2017 yil 10 aprel kunidagi PF-5005-sonli Farmoniga muvofiq, yoʼl harakati xavfsizligini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish, faoliyatini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tartibini oʼrnatish, shaxsiy javobgarligini oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan
2021 yil 20 mart kuni tasdiqlangan “2021 yilda IIV davlat yoʼl harakati xavfsizligi xizmati tizimidagi bino va inshootlarida amalga oshiriladigan qurilish, kapital va joriy taʼmirlash ishlari boʼyicha ishlab chiqilgan dastur”ga asosan, Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Yoʼl harakati xavfsizligi boshqarmasi maʼmuriy binosi toʼliq kapital taʼmirdan chiqarilib, foydalanishga topshirildi. Viloyat IIB YHXB binosining ochilish tadbirida IIV va uning ishchi guruhi, vazirlik YHXBB va Milliy gvardiya Qashqadaryo viloyati boshqarmasi, viloyat IIB sohaviy xizmatlari rahbarlari ishtirok etdi.
Tadbirda Ichki ishlar vaziri oʼrinbosari polkovnik Bekmurod Аbdullaev soʼzga chiqib, foydalanishga topshirilgan yangi bino istiqlol bayramiga munosib sovgʼa boʼldi. Binoda yoʼl harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari xizmat olib borishlari uchun toʼliq shart-sharoit, zamon talablariga mos moddiy-texnika bazasi mustahkamlandi. YPX inspektorlari uchun qulay, shinam barcha aloqa texnologiyalari bilan jihozlangan navbatchilik qismi, maʼmuriy binoning 1-2 qavatlaridagi xizmat xonalari, maʼnaviyat va maʼrifat xonasi hamda yigʼilish zali, jismoniy tayyorgarliklarini oshirish uchun sport zali,sunʼiy chim bilan qoplangan mini-futbol maydonchasi ana shular jumlasidan.
Bundan tashqari, YPX inspektorlariga xizmatda foydalanishlari uchun 243 dona zamonaviy jezel tayoqchalari, 218 dona bodikamera, 218 dona planshet va uni uzluksiz ishlashi uchun quvvat batareyalari, zamonaviy jihozlangan patrulь aatomashinalari, 200 dona yangi tipdagi nur qaytaruvchi nimcha (jeket)lar va barcha shaxsiy tarkibga yangi namunadagi koʼkrak nishonlari tarqatildi.
Shuningdek, spirtli ichimlik isteʼmol qilib, transport vositasini boshqaradigan haydovchilarni aniqlash maqsadida 26 dona yangi alkotester qurilmalari bilan taʼminlandi. Yoʼl harakati qoidalari buzilishini foto video fiksatsiya qilishning avtomatlashtirilgan tizimi bilan jihozlangan tezlikni oʼlchash radar qurilmalari bilan jihozlangan 5 ta multi-radar maxsus avtomobillarining faoliyati yoʼlga qoʼyildi.
Yuqorida keltirib oʼtilgan imkoniyatlardan keng foydalangan holda kelgusida jinoyat va xuquqbuzarliklar xamda yoʼl-transport hodisalarini oldini olish maqsadida barcha shaxsiy tarkib zimmasiga yuklatilgan xizmat vazifalarini sidqidildan ado etib, ijobiy koʼrsatkichlarga erishishi shubhasiz.

Text to speech