27 Aprel 2020 yil 815

Oʼzbekiston Respublikasi ichki ishlar Vaziri tomonidan joriy yil 26 aprelь kuni oʼtkazilgan videoselektor yigʼilishida koʼrsatib oʼtilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʼining birinchi oʼrinbosari podpolkovnik I.Tursunov, boshqarma boshligʼining oʼrinbosari podpolkovnik X.Аtanazarov boshchiligidagi ishchi guruh tizimning Probatsiya xizmatida nazoratida turgan 4308 nafar nazoratdagi shaxslarning bugungi turmush tarzini oʼrganmoqda.

Unda asosiy eʼtibor tizimning Probatsiya xizmati nazoratida turgan shaxslarning oʼz oilasini moddiy jihatdan taʼminlashning asoslari va kundalik turmushda ularni qiynayotgan boshqa muammolarni bartaraf etish yuzasidan joylarda uchrashuvlar oʼtkazmoqda.
Dastlab vohaning Qarshi shahar va Chiroqchi tumani IIO FMB hamda Qamashi tumani IIB Probatsiya xizmatida nazoratda turgan shaxslar bilan yuzma-yuz savol javoblar oʼtkazilib, moddiy jihatdan qiynalgan, oilasini moddiy taʼminlashda muammolarga duch kelayotgan shaxslarga saxovat va koʼmak berildi. Qarshi shahrida istiqomat qiluvchi Oybek Raximov va Farrux Yuldoshevlar ishga joylashtirildi. Bundan tashqari, nazoratda turgan shaxslarni hududiy joylashuviga qarab sektor rahbarlariga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi. Unda tomorqadan unumli foydalanish, qishloq xoʼjalik mahsulotlarini ekish, bu borada ehtiyojga qarab urugʼlik va koʼchatlar yetkazib berish boʼyicha tuman hokimligiga tegishli tavsiya va takliflar berildi. Qolaversa nazoratdagi va ozodlikka chiqqan shaxslar qayta jinoyat sodir etmasligi borasida rasman ogohlantirildi.
Bir soʼz bilan aytganda, bugungi sinovli kunlarda hech kim mehr va eʼtibordan chetda qolgani yoʼq. Qalban birgamiz, Uyda qoling. Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Text to speech