OʼZ UMRIGА ZOMIN BOʼLDI
Bugun mamlakatimizda koronavirus infektsiyasi tufayli karantin joriy etilgan. Bunda fuqarolar hayotiy zarurat boʼlmaganda koʼchaga chiqishlari qatʼiy taqiqlangan. Lekin baʼzi fuqarolar uyda oʼtirish oʼrniga bilsa hazil, bilmasa chin qabilida karantinda koʼchaga chiqqani yetmagandek, avtomobilь boshqarishdan toʼxtamayapti. Natijada ogʼir oqibatli YTH sodir boʼlmoqda. Jumladan, 2020 yil 07-aprelь kuni soat 18:00 larda, Chiroqchi tumani Аnnaroʼz MFY Аnnaroʼz qishlogʼida yashovchi X.Tulaev oʼz boshqaruvida boʼlgan “Neksiya” rusumli, 70 V 501 LA davlat raqamli avtomashinasini “Аnnaroʼz-Oqtoʼnli” yoʼlidan harakatlanib borib, boshqaruvni yoʼqotib, yoʼl chetidagi daraxtga urilgan.
Natijada avtomashinada boʼlgan yoʼlovchilar M.B va Gʼ.X.lar hodisa joyida vafot etgan boʼlsa, X.T va Y.R.lar tan jarohati olib tuman shifoxonasiga yotqizilgan.
Ommaviy karantin tadbirida uyda oʼtirmagan bu fuqarolar oʼz umriga oʼzi zomin boʼldi desak, mubolagʼa emas.