10 Avgust 2021 yil 491

Ov qurolini oʼz ixtiyori bilan topshirdi

Biror kishiga muammo yuzasidan murojaat etib, darhol ish bitsa, bexosdan tushunganning sadagʼasi ketsang arziydi, degan naqli yodga tushadi. Darhaqiqat, aytilgan gapni tushunadigan va bundan oʼziga xulosa chiqargan har qanday odam ortiqcha ovvoragarchiliklarga barham berib, oʼz foydasi uchun harakat qiladi. Jumladan, Dehqonobod tuman IIB va hamkor tashkilotlar tomonidan joylarda oʼtkazilayotgan “Xavfsiz hudud” va “Аrsenal” tadbirlari davomida olib borilgan tushuntirish va targʼibot tadbirlari natijasida 2021 yil 09 avgust kuni tumanning “Аerodrom” MFYda yashovchiuy bekasi А.А. marhum turmush oʼrtogʼidan qolgan bir dona oʼqotar ov qurolini oʼz ixtiyori bilan ichki ishlar boʼlimiga topshirdi.

Text to speech