18 Yanvar 2022 yil
452
Otaxon ID-kartali boʼldi
Qarshi shahrar, Beglar MFYda yashovchi 1946 yilda tugʼilgan fuqaro Niyazov Zarip Abdulalevich ancha vaqtdan buyon oʼz uyida davolanib kelardi. Otaxonni bir tomondan xastalik qiynab kelayotgan boʼlsa, ikkinchi tomonidan fuqarolik pasportini yoʼqotgani ham oʼylantirgan. Biroq bugungi kunda qonunlarimiz “Inson manfaatlari uchun” xizmat qilishi tamoyiliga asoslanganligi munosabati bilan ham otaxonni ushbu muammosi Qarshi shahar IIOFMB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʼlimi xodimlari tomonidan yashash manziliga borgan holda tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, qisqa vaqt ichida yangi Oʼzbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiya ID-kartasi yashash xonadoniga borib berildi.