Ota-onalar ishtirokida profilaktik tadbir
Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi
jamoat xavfsizligi xizmati jamoat tartibini saqlash boshqarmasi patrul-post
xizmati batalyoni shaxsiy tarkib o‘rtasida xizmat intizomi va qonunchilikni
mustahkamlash, xodimlar o‘rtasida turli favqulodda holatlarni oldini olish va
ro‘y bergan salbiy holatlarning
muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat ichki
ishlar boshqarmasi rahbariyati, Ichki ishlar boshqarmsi Shaxsiy xavfsizlik bosh
boshqarmsi Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas’ul xodimi, batalyon
rahbariyati va shaxsiy tarkibi, boshqarma faxriylar kengashi vakillari ishtirok
etishdi.
Yig‘ilishda so‘z olganlar batalyon xodimlari
tomonidan xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etish, kodeks talablarini
so‘zsiz bajarish, korrupsion jinoyatlarni oldini olish soha xodimlariga
xalqning ishonchini ortishiga va ichki ishlar organlari imidjini oshirishga xizmat
qilishini ta’kidlashdi.
Sir emas keyingi vaqtlarda ichki ishlar
organlari xodimlari tomonidan xizmat intizomi buzilishi, tamagirlik, korrupsion
jinoyatlar, yo‘l-transport hodisasi sodir etish holatlar uchrayotganini tanqid
ostiga oldi. Avtomashinani hujjatsiz boshqarmaslik, faoliyat jarayonida
fuqarolar bilan xushmuomala bo‘lish, pirovardida xalq manfaatlariga xizmat
qilishni ustuvor bilish bugungi kun talabi ekanligi uqtirildi.
Xizmat davomida xodimlar o‘rtasida korrupsiya
va boshqa qonunbuzilishi holatlari xodimlar tomonidan yuqoridagi kabi salbiy
holatlar yuz berganda ichki ishlar organlaridan bo‘shatish bilan cheklanib
qolmasdan jinoiy javobgarlikka tortishgacha bo‘lgan choralar qo‘llanishi
to‘g‘risida xodimlar rasman ogohlantirildi.
Bu kabi salbiy holatlarning oldini olishga
qaratilgan tarbiyaviy-profilaktik ishlarni kuchaytirish lozimligini ta’kidladi.