Ota-onalar ishtirokida profilaktik tadbir
Viloyat Ma’naviyat markazida
ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi o‘rtasida xizmat intizomi va
qonunchilikka rioya etilishini mustahkamlashga qaratilgan “Temir intizom va
halollik – muvaffaqiyat kaliti” mavzusi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda
viloyat ichki ishlar boshqarmasi sohviy xizmatlari, shahar tuman ichki ishlar
bo‘limlari boshlig‘ining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari,
xodimlar va ularning ota-onalari ishtirok etishdi.
Yig‘ilishni viloyat ichki ishlar
boshqarmasi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati
boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Shermuxammad Muslimov ochib, ichki ishlar
organlari xodimi tartib-intizom va qonunchilikka og‘ishmay rioya etishi,
Intizom ustavi va qoidalariga hamda formali kiyim-bosh kiyib yurish qoidalariga
qat’iy amal qilish, shaxsiy tarkib o‘rtasida ichki tartib-intizom va kundalik
idoraviy nazoratni kuchaytirish borasidagi ishlar samaradorligini yanada
oshirish, tizimda xizmat qilayotgan
xodimlar o‘rtasida beparvolik muhitiga barham berish uchun o‘zini o‘zi
profilaktika qilish tizimini yo‘lga qo‘yish, korrupsiyaga qarshi murosasiz
bo‘lish lozimligini ta’kidladi.
Tadbirda so‘z olgan Ichki ishlar
vazirligi Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Qashqadaryo viloyati bo‘yicha mas'ul xodimi xizmat jarayonida va
xizmatdan tashqari paytlarda salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymasligi, ichki ishlar
organlari xodimlariga pora taklif qilish va va boshqa noqonuniy maqsadlarni
ko‘zlagan shaxslarga nisbatan qonuniy choralar ko‘rish borasidagi ishlar
ko‘lamini oshirish borasida tegishli tavsiya va takliflar berdi.
Boshqarma Faxriylar kengashi raisi, iste’fodagi polkovnik Sodiq Islomov
ichki ishlar organlarida ustoz-shogird an’anasi yo‘lga qo‘yilganini, faxriylar
yoshlarga kasb sirlarini o‘rgatishda bosh-qosh bo‘lib, samarali yordam
berishmoqda, - dedi. Ular yosh xodimlar bilan uchrashuvlar o‘tkazib, Vatanga
muhabbat, kasbga sadoqat, ustozlarga hurmat, kabi tushunchalarni yoshlar ongiga
singdirayotganini bildirdi.
Yakunda korrupsion jinoyatni oldini olishga qo‘shgan
hissasi uchun bir guruh xodimlar va ularning ota-onalari boshqarma
rahbariyatining minnatdorchilik xatlari bilan taqdirlandi.