21 Iyun 2022 yil 312

Ota-onalar bilan uchrashuv

    Muborak tuman IIBda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2022 yil 7 iyun kunidagi farmoyishiga asosan joriy yil 10-iyundan 10-iyulga qadar Ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi o‘rtasida xizmat intizomi va qonuniylikka rioya etilishini mustahkamlashga doir “Temir intizom va halollik - muvaffaqiyat kaliti” shiori ostidagi “Intizom oyligi” doirasida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Ichki ishlar vazirligi mas’ul xodimi va vazirlik SHXBB Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, Muborak tuman IIB rahbariyati, Faxrilar kengashi, shaxsiy tarkibi hamda ichki ishlar organlari xodimlarining ota-onalari, oila a’zolari ishtirok etishdi.

     Tadbirda viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari polkovnik Olimjon Abdullayev ichki ishlar organlarida o‘tkazilayotgan “Intizom oyligi” doirasida Ichki ishlar organlari xodimlariga yaratilayotgan shart-sharoitlar, berilayotgan imkoniyatlarni ta’kidlab, har bir ichki ishlar organlari xodimlari temir intizomga amal qilib, zimmasiga yuklatilgan vazifalarni sidqidildan bajarib, xalqparvarlik asosida faoliyat olib borishlari lozimligi haqida so‘z yuritdi.

     Ichki ishlar vazirligi Ma’naviy ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti katta inspektori mayor Farid Norqulov ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan tartib-intizomga qat’iy rioya etish, muomala madaniyati asosida ichki ishlar organlarining xalq orasida ob’ro‘ va e’tiborini oshirish lozimligini bildirdi.

     Ichki ishlar vazirligi SHXBB Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Djamshid Babayarov xodimlar tomonidan xalqqa sadoqat bilan xizmat qilishi, faoliyat davomida tamagirlik va poraxo‘rlik va boshqa shu kabi illatlardan yiroq bo‘lishlari lozimligi xususida ishtirokchilarga atroflicha tushuntirishlar berdi.

      “Intizom oyligi” doirasidagi bu kabi uchrashuvlar vohaning shahar-tumanlarida davom ettirilmoqda.

Text to speech