Ota-onalar bilan yig'ilish o'tkazildi
IIV Qashqadaryo akademik litseyida 2024-yilning
26-fevral kuni 2-bosqich o'quvchilarning ota-onalari ishtirokida navbatdagi
yig’ilish boʼlib oʼtdi. Yig’ilishni IIV Qashqadaryo akademik litseyi
direktorining ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar bo’yicha o‘rinbosari
podpolkovnik I.Farmonov olib bordi. Yigʼilishdan koʼzlangan asosiy maqsad
2023-2024 oʼquv yilini ota-onalar bilan hamkorlikda samarali tashkil etish,
o’quvchilarning ma’naviy dunyoqarashini yanada boyitish va bugungi globallashuv
axborot davrida yoshlarimiz ongiga salbiy ta’sir etishi mumkin bo’lgan tashqi
omillar hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan
2024-yilning 23-fevral kuni yoshlar bandligini ta’minlash chora-tadbirlari
bo‘yicha o’tkazilgan yig‘ilishdagi ta’kidlab o’tilgan masalalar, xususan
o'quvchilarning bandligini ta'minlash, qobiliyatli yigit-qizlarni IT-kasblar va
xorijiy tillarni o‘rganishiga ko‘maklashish va ularni kasbga yo’naltirish
masalalari haqida bo'lib o'tdi. Yigʼilish soʼngida oʼquv yili mobaynida yuqori
natijalarni qoʼlga kiritgan oʼquvchilarning ota-onalariga litsey maʼmuriyati
tomonidan mannatdorchilik xatlari topshirildi.