OSOYISHTАLIK BАRQАRORLIGI YOʼLIDА
Qarshi tumani “Bogʼobod” QFY Toʼqmangʼit massivi aholi gavjum boʼladigan maskanlardan hisoblanadi. Hudud qoʼshni tuman bilan chegaradoshligi bois bu yerda vaqtinchalik oʼtib qaytuvchilar talaygina. Qishloq fuqarolar yigʼini hududda fuqarolarning karantin qoidalariga amal qilishi, turli huquqbuzarlik va qonunbuzarliklarga barham berish maqsadida profilaktika inspektori katta leytenant D.Juraev tomonidan muntazam profilaktik tadbirlar oʼtkazib kelinmoqda. Qolaversa koronavirus pandemiyasi munosabati bilan oʼtkazilayotgan karantin qoidalariga amal qilishni nazorat qilish borasida ham qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Yigʼin hududida joylashgan savdo doʼkonlar sotuvchilari va xaridorlari, koʼchada yurgan fuqarolardan karantin qoidalariga amal qilish boʼyicha ogohlantirish xatlari olinmoqda. Maskandagi choyxonalar va oshxonalarda, doʼkon sotuvchilari tungi vaqtda faoliyat yuritmasligi boʼyicha rasmiy ogohlantirildi.
Qashqadaryo viloyati IIB HPB