ORZUSI АMАLGА OSНDI.
Qarshi shahrida yashovchi fuqaroligi boʼlmagan shaxs Mamadalieva Intizor Muxamedovna 2000 yilni 29 avgust kuni Qirgʼiziston Respublikasidan Oʼzbekiston Respublikasiga doimiy yashash uchun koʼchib kelgan. Unga Oʼzbekiston Respublikasida “Fuqaroligi yoʼq shaxs uchun” Oʼzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi rasmiylashtirib berilgan edi.
Bir necha bor oʼzini Oʼzbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olish toʼgʼrisida ariza bilan murojaat qilsa-da, uning talabi rad etilgan. Oʼzbekiston Respublikasining 2021 yil 14 iyunь kunidagi “Oʼzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasi qonuniga qoʼshimcha va oʼzgartishlar kiritish haqida” Qonunining qabul qilingach, fuqaroligi boʼlmagan shaxs Mamadalieva Intizor Muxamedovnaga imkoniyat tugʼildi. Mazkur qonunga koʼra, Oʼzbekiston Respublikasining 2020 yil 13 martda qabul qilingan “Oʼzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʼgʼrisida”gi Qonunining 6-moddasida:
2005 yil 1 yanvarga qadar Oʼzbekiston Respublikasida doimiy yashash joyi boʼyicha roʼyxatga olingan hamda muqaddam chet davlat fuqaroligida boʼlmagan shaxs xohish bildirgan taqdirda, Oʼzbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olinadi.
Oʼzini Oʼzbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olish toʼgʼrisidagi ariza bilan murojaat qilgan kunga qadar Oʼzbekiston Respublikasida kamida oʼn besh yil doimiy yashab kelayotgan va mazkur davr mobaynida chet davlat fuqaroligida boʼlmagan shaxs Oʼzbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olinadi.
Ota-onasidan biri (yolgʼiz otasi yoki onasi) Oʼzbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olingan, chet davlat fuqaroligini qabul qilmagan va Oʼzbekiston Respublikasida yashab kelayotgan bola xohish bildirgan taqdirda, Oʼzbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olinadi.”-deb belgilangan.
Mazkur qonun kuchga kirishi bilan fuqaroligi boʼlmagani shaxs Mamadalieva Intizor Muxamedovna birinchilardan boʼlib, Qarshi shahar IIO FMB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʼlimiga Oʼzbekiston Respublikasi fuqaroligini tan olish boʼyicha murojaat qilib, tegishli hujjatlarni topshirdi. Natijada Intizor Mamadalieva 2021 yil 14 iyulь kuni Qashqadaryo viloyatida birinchilardan boʼlib, u Oʼzbekiston Respublikasining 2020 yil 13 mart kunidagi “Oʼzbekiston Respublikasi fuqaroligi toʼgʼrisida”gi Qonunining 6-moddasi 1-qismi talabiga koʼra, Oʼzbekiston Respublikasi fuqarosi sifatida tan olinib, uning nomiga Qarshi shahar IIO FMB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʼlimi xodimlari tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiya ID-kartasi rasmiylashtirilib, tantanali ravioʼda topshirildi.