“Oriyat” tadbirida aniqlangan oriyatsizlar
Jinoyatni fosh etishdan koʼra, oldini olgan afzal. Аna shunday gʼoya asosida xizmat qilayotgan ichki ishlar organlari xodimlari vohada jinoyatlarni erta aniqlab oldini olish, roʼy berganlarini fosh etish, huquqbuzarliklarga barham berish maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlar va keng jamoatchilik vakillari bilan hamkorlikda bir qator profilaktik tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda. Natijada qator jinoyatlar issiq izlarda fosh etilmoqda. Jumladan, 2021 yil 30 iyulь kuni soat 13:00larda, Chiroqchi tumanida roʼyxatda turib, Qarshi shahar “Oydin” MFYda vaqtincha yashovchi uy bekasi N.I. Kasbi tuman “Komilon” MFYda yashovchi S.L. va Qarshi tuman “Dasht” MFYda yashovchi А.N.ning 50.000 soʼm evaziga jinsiy aloqa qilishlari uchun uyidan joy bergani Qarshi shahar IIO FMB 1-sonli IIB xodimlari tomonidan aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar 1-sonli IIB TB tomonidan jinoyat ishi qoʼzgʼatildi.