“Qoradori-2024” tezkor profilaktik tadbiri davomda
Mamlakatimizda “Qoradori-2024” tezkor
profilaktik tadbiri davom etmoqda. Tadbir boshlangandan buyon Qashqadaryo
viloyati ichki ishlar organlari xodimlari huquqbuzarliklar va jinoyatlarning
turli ko‘rinishlariga, giyohvand moddalar bilan noqonuniy muomala qilishga
barham berish maqsadida bir qator ishlarni amalga oshirishdi.
Joriy yilning shu kuniga qadar viloyat
ichki ishlar boshqarmasi tezkor xizmat xodimlari tomonidan 203 ta holatda
og‘ufurushlardan jami 37 kilogramga yaqin giyohvand moddalar olib qo‘yildi.
Shu yilning 9 iyun kuni ichki ishlar organlari
xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda yana bir oufurushning
kirdikorlariga chek qo‘yildi. Surxondaryo viloyatining Denov tumanda yashovchi
fuqaro Meliyev Qamashi tumani, “Chim” mahallasi hududida to‘xtatilib,
shaxsiy tintuv qilinganida, yonidan jami 200 gramm giyohvandlik vositasi
topildi.
Bundan tashqari, Qamashi tumani IIB xodimlari
tomonidan o‘tkazilgan tadbirda tumanni “Qiziltepa” mahallasida yashovchi
fuqaro Tursunovning hovlisida 11 tup, “Qo‘shkapa” mahallasida
yashovchi Xolmirzayening xonadonidan 30 tup “ko‘knor”, “Mayda”
mahalalsida yashovchi Nematovning xonadonidan 35 tup “kannabis” giyohvandlik
o‘simligini parvarishlab kelayotgani aniqlanib, tegishli tartibda protsessual rasmiylashtirib
olingan.
Har to‘rtala holat yuzasidan jinoyat ishi
qo‘zg‘atildi.
Tadbir jarayonida aniqlangan giyohvandlik bilan
bog‘liq jinoyatlar tahlilidan kelib chiqib joylarda profilaktik suhbatlar olib
borilmoqda.
Uchrashuvlarda har bir fuqaro o‘z mahallasining
osoyishtaligi uchun kurashishi, qonunbuzarlikning oldini olishda ko‘maklashishi
sodir etilishi mumkin bo‘lgan barcha ko‘rinishdagi jinoyatlarning oldini
olishda qo‘l kelishi uqtirilmoqda.