10 Iyun 2024 yil 893

“Qoradori – 2024” tadbirida aniqlandi

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan “Qoradori – 2024” tadbiri doirasida Yakkabog‘ tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda yana bir og‘ufurushning kirdikorlari fosh etildi. Og‘ufurush gugurt qutiga joylangan o‘tkir hidli o‘simlik talqonini 300.000 so‘mga sotgan vaqtida tezkor tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olindi.

Surishtiruvlar davomida Shahrisabz tumanida yashovchi fuqaro yana 8 dona gugurt qutiga joylangan giyohvandlik  moddalarini o‘z ixtiyori bilan taqdim etdi.

Tarkibida giyohvand modda mavjud o‘simlik talqoni taroziga qo‘yilganda 46,9 gramm chiqdi.

Mazkur holat yuzasidan Yakkabog‘ tumani IIB huzuridagi TB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Text to speech