20 May 2022 yil 527

Qoradori-2022 tezkor tadbiri davomida

2022 yil 17 may kuni Koson tumani “Bunyodkor” MFYda yashovchi T.X.ning yashash uyi va yordamchi xoʼjaliklari xolislar ishtirokida koʼzdan kechirilganda, yashash uyi molxonasidan 14-42 sm uzunlikdagi, 3 tup “kannabis” oʼsimliklarni parvarishlab kelayotganligi maʼlum boʼldi. Bundan tashqari, X.T.ning hovlisidagi qoʼshimcha binolar koʼzdan kechirilganda 2 ta xonasidan yashil rangli quritilgan oʼsimlik va urugʼlar, “spichki” yozuvi tushirilgan bir dona gugurt qutida quritilgan holdagi oʼsimlik, 3 dona oq rangdagi yozuvsiz tamaki mahsuloti koʼrinishidagi oʼsimliklar topildi.
Koson tuman IIB TB tomonidan X.T.ga nisbatan jinoyat ishi qoʼzgʼatildi.

Text to speech