3 Aprel 2023 yil
589
O‘quvchilarga madaniy hordiq ulashildi
Xizmat safari bilan Qashqadaryo viloyatida bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi IIV madaniyat saroyi “Ashula va raqs” ansamblining a’zolari Qarshi shahridagi viloyat IIB otalig‘idagi 44-o‘rta umumta’lim maktabida bo‘lishdi.
Taniqli so‘z ustasi O‘tkir Muhammadxo‘jaev, qiziqchi Zokir Ochildiev, xonadalar Davron Axmedov, Mashhura Ergasheva, Suxrobbek Xamdamov, Ulug‘bek Xalikov, Shahnoza Otaboeva va Farhod Qambarovlar tomonidan aytilgan latifa va kuy-qo‘shiqlar o‘quvchilarda o‘zgacha taassurot qoldirdi.
Tadbirda maktab o‘quvchilari taniqli xonandalar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlarga raqs tushib, madaniy hordiq chiqarishdi.
IIV madaniyat saroyi “Ashula va raqs” ansambli a’zolarining madaniy tadbirlar davom etmoqda.