9 Iyun 2020 yil 764

Oʼqotar ov qurolini ixtiyoriy tartibda topshirdi...

2020 yil 08 iyunь kuni Qashqadaryo viloyati IIB TEQKB Togʼli hududlardagi Beshbuloq tezkor guruhi xodimlari tomonidan chegara-oldi hududlarda yashovchi aholi orasida olib borilgan profilaktik tushuntirish ishlari natijasida, Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida yashovchi I.Q shu kuni marhum otasi  I.M.dan qolgan bir dona, 16 kalibrli, 1 stvolli, 1961 yilda ishlab chiqarilgan, oʼqotar ov qurolini ixtiyoriy tartibda topshirdi. Mazkur oʼqotar ov quroli kelgusida tekshirib koʼrishlik uchun tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.      

Mazkur holat boʼyicha VIIB TEQKB TChH TB FMB xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech