8 Iyun 2021 yil 520

Oʼqishga kiritib qoʼyishni vaʼda qilayotgan firibgarlar tuzogʼita tushib qolmang

Keyingi paytlarda chet davlatlaridagi oliy taʼlim muassasalariga oʼqishga kirish istagida yurgan yoshlarni aldab chuv tushirish bilan bogʼliq holatlar tez-tez sodir boʼlmoqda. Jumladan, Qarshi shahar Ravoq MFYda yashovchi F.Q va Muborak tumani А.Navoiy MFYda yashovchi N.D 2021 yil 25 may kuni Qarshi shahar IIO FMB 2-sonli IIBga ariza bilan murojaat qilgan. Unda Toshkent shahar Sirgʼali tumani 7-dahasida yashovchi R.D, N.D ga “sizni Qozogʼiston Respublikasida joylashgan universitetga oʼqishga kiritib qoʼyaman, oldin kontrakt toʼlovlarini amalga oshirish kerak va oʼqishni Oʼzbekistonga koʼchirib berish uchun xarajatlari bor” deb MChJ hisob raqamiga 2019 yil 30 avgust kuni 3.000.000, 2019 yil 04 oktyabrь kuni esa 3.000.000 soʼm, jami 6.000.000 soʼm pullarni toʼlov qildirishga erishadi. Bu kamlik qilgandek, 2020 yil 11 iyunь kuni Qarshi shahrida yana 600 АQSh dollarini olgan. Bundan tashqari, R.D takroran, oʼtgan yil 11 iyunь kuni F.Q.ni oʼgʼlini ham Qozogʼiston Respublikasida joylashgan universitetga joylashtirib qoʼyishga vaʼda berib, oldin kontrakt toʼlovlarini amalga oshirish bahonasida  undan jami 1400 АQSh dollarini firibgarlik yoʼli bilan qoʼlga kiritgan. Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB TB tomonidan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech