29 Iyun 2022 yil 317

“Oq yo‘l, bitiruvchi!”

IIV Qashqadaryo akademik litseyida “Oq yo‘l, bitiruvchi!” deb nomlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda viloyat IIB rahbariyati, faxriylar, litsey o‘qituvchilari hamda bitiruvchilar va ularning ota-onalari ishtirok etdi.

Tadbirda viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari polkovnik Olimjon Abdullayev so‘zga chiqib, bu o‘quv yilida o‘qishni yakunlayotgan 389 nafar o‘quvchilarni qutladi. O‘quvchilar  orasida 30 nafari imtiyozli diplom sohibi bo‘lganini ta’kidladi. Bitiruvchilar kelajakda nufuzli oliy ta’lim muassalarida o‘qishni davom ettirishiga, ona Vatan sarhadlarini asrab-avaylash, el osoyishtaligini ta’minlashga o‘z hissalarini qo‘shishlariga ishonch bildirdi. 

Tadbirda so‘z olgan ota-onalar farzandlariga ta’lim-tarbiya bergan litsey o‘qituvchilariga  o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.

Text to speech