14 Yanvar 2022 yil 716

Oʼq otish musobaqasi


Qashqadaryo viloyati Yoshlar ittifoqi kengashi tashabbusi bilan Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining oʼttiz yilligi va 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati bilan “Vatanparvarlik oyligi” doirasida viloyatdagi harbiy qismlar oʼrtasida sportning pnevmatik miltigʼidan oʼq otish turi boʼyicha musobaqasi tashkil etildi.
Tashkil etilgan musobaqada ishtirok etgan IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʼshinlariga qarashli Qarshi shahridagi 7256- sonli harbiy qism jamoasi faxrli 2-oʼrinni egalladi.
Gʼolib jamoalar viloyat Yoshlar ittifoqi kengashining faxriy yorligʼi va esdalik sovgʼalari bilan mukofotlandi.

Text to speech